
Bobo-Usmon, Abdulhay va Aliyor O‘zbekiston chempioni
Samarqand shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida final janglari kutilmagan natijalarga boy o‘tmoqda.
Musobaqaning 57 kg. vazn toifasida Abdulhay Shorahmatov (Toshkent) va vazni 63 kg. bo‘lgan Aliyor Noralievning (Tosh.vil.) raqiblari noma’lum sabablarga ko‘ra ringga ko‘tarilmadi. Shu tariqa Aliyor va Abdulhay O‘zbekison chempioniga aylandi.
69 kg vazn o‘tgan Iqboljon Xoldorov (Andijon) va Bobo-Usmon Boturov (Jizzax) bellashuvi murosasiz o‘tdi. Unda Bobo-Usmon tajribali bokschimiz ustidan g‘alaba qozonib, chempionat g‘olibiga aylandi.
Fikrlar