Bokudan xushxabar yo‘q

Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxtida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Bugun reglamentga muvofiq, erkaklar o‘rtasida 73, ayollar o‘rtasida 57 kilogrammgacha vazn toifalarida bahslar bo‘lib o‘tmoqda. 

73 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan vakillarimiz G‘iyosjon Boboev hamda Hikmatullo To‘raev afsuski, medallar uchun kurashni erta tark etishdi. To‘raev uchinchi davrada mo‘g‘ulistonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Boboev ikkinchi davrada omadsizlikka uchradi. Shuningdek, qizlarimizdan Amina Mamedova birinchi bosqichdayoq koreyalik nomdor raqibasiga ro‘baro kelib qoldi va yutkazdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!