
Bonuchchi: Gattuzo kelganidan so‘ng "Milan" butkul o‘zgardi
Italiyaning “Milan” klubi himoyachisi va sardori Leonardo Bonuchchi “rossonerilar” boshqaruviga Jennaro Gattuzoning kelgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Uning jamoaga bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so‘ng barchasi butkul o‘zgardi. “Milan” o‘zining optimal formasini tiklab oldi. Bularning barchasi Gattuzoning mehnatlari deb hisoblayman.
Endi jamoa huddi shu ruhda davom etishi kerak”, - deydi Bonuchchi.
Ma’lumot uchun, “Milan” ayni damda 41 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar