
“Borussiya D” 7 yilda ilk bor o‘zaro o‘yin oldidan “Bavariya”dan yuqori o‘rinda bo‘ladi
Dortmundning “Borussiya” jamoasi Germaniya chempionati 11-turida “Bavariya”ga qarshi kurash olib boradi.
Mazkur o‘yin 10 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanishi ko‘zda tutilgan. E’tiborli jihati shundaki, “Borussiya D” 2011/12 yilgi mavsumdan buyon yilda ilk bor “Bavariya” bilan o‘yin oldidan myunxenliklardan yuqori o‘rinni egallab turadi.
Aynan o‘sha mavsumda “Borussiya D” yakunda mamlakat chempioniga aylangandi. Bundesliga 10-turidan keyin dortmundliklar 24 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. “Bavariya” 20 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar