"Borussiya" D o‘z safiga PSJ darvozabonini qo‘shib olmoqchi

  • 10 oktabr, 2017, 10:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi darvozaboni Kevin Trapp faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli futbolchiga Dortmundning “Borussiya” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular Trapp uchun Parij klubiga 15 million evro to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Trappning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida birorta uchrashuvda ishtirok etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!