"Borussiya" Dortmund: Sancho sotilmaydi

  • 01.11.2018 21:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etmaydi. Bu haqda Sky Sports nashri ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, 18 yoshli angliyalik futbolchiga ayni damda PSJ, "Manchester Yunayted" va "Arsenal" kabi jamoalar juda jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Biroq, dortmundliklar uni sotishni rejalashtirishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha oy oldin Sancho “Borussiya” bilan shartnomasini uzaytirgan va imzolangan yangi kelishuvga ko‘ra uning tovon puli belgilanmagan. Shu bois, nemis grandi futbolchini har qanday mablag‘ evaziga ham sotmaslik huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!