"Borussiya" Dortmund Vayglni qanchaga sotishini ma’lum qildi
"Manchester Siti" klubi "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Yulian Vayglni sotib olmoqchi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.
Xabarlarga qaraganda nemis grandi 23 yoshli futbolchisini 77 million evroga baholamoqda. Gap shundaki, “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola Vayglni kelajakda Fernandinoga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Ma’lumot uchun, Vaygl o‘tgan mavsum “Borussiya” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushgan va 1ta gol hamda 8ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar