"Borussiya" Dortmund hujumchisi "Real"da o‘ynashni orzu qiladi
Dortmundning “Borussiya” klubi forvardi Yakob Larsen “Real”da o‘ynash orzusi borligi haqida gapirib o‘tdi.
“Real”ga o‘tish men uchun katta natija bo‘lgan bo‘lardi. Chunki, bu mening dunyodagi eng kuchli futbolchilardan biri ekanligimni anglatadi. “Real”da o‘ynashdan ko‘ra yaxshiroq narsa yo‘q. Ammo, men butun faoliyatimni “Borussiya”ga bag‘ishlashim ham mumkin”, - deydi 20 yoshli daniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Larsen “Borussiya” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U jamoaning asosiy tarkibida 9ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar