"Borussiya" Dortmund nihoyat mag‘lubiyatga uchradi
Xabaringiz bor shu kunlarda dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida Evropaning grand klublari yangi mavsum oldidan tashkil etiladigan an’anaviy International Champions Cup tijoriy turnirida ishtirok etishmoqda.
Bundan biroz avval AQShning Pittsburg shahrida joylashgan «Heinz Field» stadionida turnir doirasidan o‘rin olgan “Borussiya” Dortmund hamda "Benfika" klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. O‘yinning asosiy bo‘limlari 2:2 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa portugaliyaliklar 3:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.
International Champions Cup.
“Borussiya” Dortmund Germaniya – “Benfika” Portugaliya 2:2 (penaltilar bo‘yicha - 3:4)
26 iyul, «Heinz Field»
Gollar: 1:0 – 20 Filipp, 2:0 – 22 Filipp, 2:1 – 51 Andre Almeyda, 2:2 – 69 Alfa Semedu.
Borussiya D – Xitts, Diallo (Dieckmann, 61), Shmeltser (Zagadu, 46), Tolyan (Xakimi, 61), Toprak (Piper, 62), Daud (Serxio Gomes, 62), Pulishich (Volf, 46), Filipp (Isak, 62), Gettse (Rode, 62), Larsen (Sancho, 62), Shaxin (Burnich, 62).
Benfika – Svilar, Jardel (Lema, 83), Grimaldo (Yuri Ribeyru, 66), Andre Almeyda (Ebuexi, 83), Diash (Konti, 66), Jedson Fernandesh (Jonas, 66), Feysa (Alfa Semedu, 66), Rafa Silva (Servi, 46), Pitstsi (Samaris, 66), Jivkovich (Salvio, 46), Kastilo (Ferreyra, 46).
Ogohlantirishlar: Jivkovich (17), Grimaldo (28), Xakimi (64), Servi (65), Piper (90).
Eslatib o‘tish lozimki, "Borussiya" bundan avvalgi 2ta o‘yinda "Liverpul" va "Manchester Siti" klublarini mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar