“Borussiya Dortmund” yangi mavsumda qay ko‘rinish hosil qiladi?
Germaniya Bundesligasi so‘nggi olti mavsumdan beri “Bavariya”ning yopiq bozoriga aylanib ulgurdi. Biroq umid qilish mumkinki, tez orada myunxenliklarning hukmronligi Bundesliganing boshqa klublari tomonidan to‘xtatiladi. Quyida “Bavariya”ni taxtdan ag‘darishga asosiy da’vogar bo‘lgan klub – “Borussiya Dortmund” haqida fikr yuritamiz.
“Borussiya Dortmund” “Bavariya”ni Germaniya tojidan mahrum qilgan so‘nggi jamoa hisoblanadi. Bu voqea 2010-11 va 2011-12-yilgi mavsumlarda, qatorasiga naq ikki marta sodir bo‘lgandi.
Tarkib o‘sha davrdagidek bo‘lmasada, yangi kelgan bosh murabbiy Lyusen Favr va uning yangi g‘oyalari, tarkibga qo‘shilgan iqtidorli yoshlar evaziga yana bir bor katta qahramonlik ko‘rsatishlari mumkin.
Quyida Bundesliganing yangi mavsumida “Borussiya D” qay ko‘rinish hosil qilishi mumkinligi borasida mulohaza yuritamiz.
- Hujumchi yo‘qmi? Muammo emas...
Ushbu formatda, Favr jamoasini mavsumoldi yig‘inda sinab ko‘rgani 4-3-3 o‘yin tizimida harakat qilishi mumkin.
Ushbu tarkibning himoya chizig‘i markazida Abdu Diallo va Manuel Akandji joy olsa, qanotlardan – Lukash Pishchek va Rafael Gurreyro yordam beradi.
Yarim himoyachilarga qanot hujumchilari yordam beradigan bo‘lsa, dortmundliklar qarshi hujumda ancha katta ustunlikka erishishlari mumkin. Volf va Pulishichlar hujumchilarga ko‘mak berishlari imkoni oshadi.
“Borussiya” boshqa bir kuchli hujumchiga ehtiyoj sezsada, o‘z sardoriga suyanishi mumkin. Roysning to‘purarlik mahoratiga shubha qilmasak bo‘ladi, zero u klub uchun 97 gol urgan. Unutmaslik kerakki, bu gollarning ko‘pi chap qanotdan urilgan.
Yarim himoyaning tayanch nuqtasini Aksel Vitsel egallaydi. Belgiyalik futbolchi ushbu yozda 18 million funt evaziga Xitoy chempionatidan kelib qo‘shildi. Uning borligi hujumni sevuvchi yarim himoyachilarga qo‘rqmasdan oldinga borishlariga imkon yaratadi.
Daud va Gyottselar jamoada yaratuvchanlik bilan shug‘ullanishsa, Roys va Pulishichlar ko‘proq gol urishga harakat qiladi. Yozda kelib qo‘shilgan Delani esa Daudga muqobil variant bo‘ladi.
- Tilla bolakaylar – judayam kuchli
“Borussiya Dortmund” so‘nggi yillarda dunyoning eng iqtidorli yoshlarini to‘plab olgan. Ushbu sxemada ular birgalikda qahramonlik ko‘rsatishlari mumkin.
4-2-3-1 o‘yin uslubida yoshlar bilan yaxshi natijalarga erishishlari mumkin. Shunday iqtidorlardan biri bu – Erik. 22 yoshli himoyachi “Verder”dan olib kelindi va unga kelajak vakili tamg‘asini yopishtirishdi. Biroq u zarur bo‘lganda Byurki yoki Xittslarning o‘rnini egallashi mumkin.
Himoya to‘rtligini “Real”dan ijaraga olib kelingan Ashraf Hakimi egallashi mumkin. Marokashlik o‘ng qanot himoyachisi kelayotgan ikki yilni Germaniya klubida o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Himoyaning qolgan qismida ikki frantsuz iste’dodlari – 22 yoshli Diallo va Zagadu shrin olishi mumkin. Ushbu to‘rtlikdan birortasi safdan chiqsa, 23 yoshli Akandji bo‘shliqni to‘ldirishga shay turadi.
Yarim himoyada esa nemis juftligi – Byurnik va Yulian Vaygllar egallaydi. Ikkalasi birgalikda klub uchun 126 o‘yinda ishtirok etgan. Vitselning jamoaga kelishi Vaygl uchun jiddiy chaqiriq bo‘ladi.
Ularning oldida esa “Barselona”dan kelgan Serxi Gomes, Pulishich va Sancholar harakat qiladi.
- “Bundesliga tajribasi”
Uchinchi variantda esa Favr to‘liq Bundesliga “veteranlar”iga suyanishi mumkin. 4-2-3-1 o‘yin tizimida Byurki asosiy tarkibga qaytishi mumkin.
Himoyada Omar Toprak va Akandji joy oladi. Klub afsonalari Pishchek va Shmeltserlar qanotlardan o‘rin egallaydi. Ushbu juftlik birgalikda klub safida 500 dan ortiq uchrashuvlarda ishtirok etgan.
Yarim himoyada esa Nuri Shahin yana o‘zini ko‘rsatishi mumkin. So‘nggi ikki mavsumni “Verder”da o‘tkazgan Tomas Delani ham asosiy tarkibda o‘ynashi kutilmoqda.
Hujum ortida esa yaratuvchanlikni sevuvchi Shinji Kagava, Mario Gyottse va Marko Royslar o‘rin oladi.
Klubning yangi sardori Marko Roys muhim figuraga aylanadi. Markaziy hujumchining ishi yurishmagan vaqtda aynan u to‘purarlik salohiyatini namoyish qilishi kerak bo‘ladi.
Maksimilian Filip esa markaziy hujumchi rolida qatnashadi. U Bundesligada 70 dan ortiq o‘ynab ancha tajriba to‘plashga ulgurgan.
Fikrlar