"Borussiya" Dortmundga yana Dembele kelishi mumkin, faqat...

  • 30.08.2018 10:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shotlandiyaning “Seltik” klubi forvardi Mussa Dembele faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirish mumkin.

Le10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli frantsiyalik futbolchiga Dortmundning “Borussiya” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda nemis klubi Dembele bilan allaqachon muzokaralarni ham boshlab yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Dembelega shuningdek “Shalke”, “Marsel” va “Lion” kabi jamoalar ham kurash olib borishmoqda. Uning taxminiy transfer bahosi esa 15-20 million evro ekanligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!