
Bugun 15 nafar sportchimiz bahslarga kirishadi
Bugun dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi bahslarining so‘nggi kuniga start beriladi. Ushbu kun dastaridan o‘rin olgan bellashuvlarda erkaklar o‘rtasida -90, -100 va +100 kg vazn toifalarida g‘oliblar nomi aniqlansa, ayollar bahsida -78 va +78 kg vazn toifalaridagni sportchilar tatamiga ko‘tarilishadi. Ushbu kungi bahslarda erkaklar o‘rtasida 8 nafar vakilimiz bahslarga kirishsa, ayollar bellashuvida 7 nafar hamyurtiimiz o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.
Xususan, -90 kg vazn toifasining dastlabki bosqichida Doston Meyliev qozog‘istonlik Sunggat Zakariyaevga, Dilshod Choriev tojikistonlik Emomjon Kamolovga va Jasurbek Shukurov qirg‘izistonlik Shaxriyor Idrisovga qarshi tatamiga ko‘tarilsa, Yahyo Imomov o‘z ishtirokini chorak final bosqichidan boshlaydi.
Shuningdek, 100 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Ilhom Jo‘raev qozog‘istonlik Temirlan Kolbayga, Davronbek Sattorov vengriyalik Zalan Oxatga qarshi bahsda dastlabki bosqich masalasini hal qilsa, Sherali Jo‘raev yarim finalga chiqish oldidan belaruslik Mikita Svirid va Ozarbayjon vakili Vasif Sharbatli juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Bundan tashqari, eng og‘ir vazn toifasining dastlabki bosqich bellashuvlarida Ixtiyor Xolmurodov rossiyalik Soslan Janaev va Boltaboy Boltaev esa AQSh vakili Joshua Patlielovga qarshi bahs olib borsa, chorak finalda Uladzislau Tsiapritskiga, Bekmurod Oltiboev esa isroillik Or Sassonga qarshi tatamiga ko‘tariladi.
Qizlar o‘rtasidagi bahsda esa -78 kg vazn toifasida Nodira Yo‘ldosheva avstriya vakilasi Bernadett Grafga qarshi tatamiga ko‘tarilsa, Kumush Yo‘ldosheva italiyalik Rozetta Melora, Maftuna Hamdamova rossiyalik Anastasiya Dmitrieva va Yulduz Muhammadieva esa isroillik Yarden Mayersonga qarshi chorak final masalasini hal qilishadi.
Shuningdek, +78 kg vazn toifasida Rinata Ilmatova dastlabki bosqichda rossiyalik Anjela Gaspariyanga qarshi tatamiga ko‘tarilsa, chorak finalda Nodira Jumaniyozova qozog‘istonlik Guljan Issanova, Rahima Yo‘ldosheva Dariya Karpova va Nazokat Ibragimova esa britaniyalik Sara Adlimngton bilan yarim final masalasini hal qilishadi.
Fikrlar