
Bugun Azamat Abduraimov hamda “Eybar” U-15 jamoasi bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi
Mazkur hamkorlik doirasida, 13 oktyabr kuni Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga tashrif buyuradi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
14 oktyabr kuni esa Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentda “Eybar” klubining U-15 jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Bugun, 13 oktyabr soat 14:00da O‘FA matbuot anjumanlari zalida “Eybar” U-15 jamoasi bosh murabbiyi Antxon Charola Eskudero hamda Azamat Abduraimov ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Barcha turdagi OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif etamiz.
Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining “Eybar” U-15 jamoasiga qarshi bahsi 14 oktyabr kuni poytaxtimizdagi TTYMI stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 15:00da start oladi.
Fikrlar