
Bugun "Uzbek Tigers"ning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ladi
Xabaringiz bor, Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruh bosqichi uchrashuvlariga yakun yasalib, chorak finalga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
Guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida Hindistonning “Indian Tigers” jamoasi Xitoyning “China Dragons” bokschilari bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va safardan qimmatli bir ochko bilan qaytdi. Aynan shu natija hindlarning ochkolari sonini 8 taga etkazib olishiga va keyingi bosqichga chiqishiga zamin yaratdi.
Chorak finalga yo‘l olgan jamoalar orasida “British Lionhearts” (Buyuk Britaniya) eng yaxshi natijani qo‘lga kiritdi. Ingliz jamoasining guruhdagi raqibi “France Fighting Roosters” (Frantsiya) eng yaxshi natija qayd etgan ikkinchi jamoa bo‘ldi. Shuningdek, ushbu ro‘yxatdan “Astana Arlans” (Qozog‘iston), “Cuba Domadores” (Kuba), “Patriot Boxing Team” (Rossiya), “Uzbek Tigers” (O‘zbekiston), “Indian Tigers” (Hindiston) va “Italian Thunder” (Italiya) jamoalari o‘rin olgan.
SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, bugun musobaqaning chorak final uchrashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar