Bugun bokschilarimizdan Sanjar Tursunov ringga ko‘tariladi

  • 25.08.2017 12:18
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ma’lumki, bugun Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatiga start beriladi. Musobaqaning ilk kungi bellashuvlarida bir nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.

Mazkur qarama-qarshilikda 91 kg vazn toifasida Sanjar Tursunov nikaragualik Jeffri Gonsales bilan kuch sinashadi. Jang turnirning kechki dasturidan o‘rin olgan.

91 kg:
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston)— Jeffri Gonsales (Nikaragua)

Ushbu jang g‘olibi ikkinchi saralash to‘qnashuvida o‘z ishtirokini boshlaydigan argentinalik Yara Peraltaga qarshi ringga chiqadi. Jang 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: Terma jamoamiz a’zolaridan 9 nafari ushbu jahon chempionatiga Osiyo chempioni sifatida tashrif buyurgan bo‘lsa, birgina 91 kgda vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov qit’a birinchiligining yarim finaliga qadar etib kela olmagan hamda pley-off raundida raqibini engib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. 9 nafar bokschimiz Toshkent shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!