Buxoroda Jo‘rabek va Sanjar g‘alaba qozondi
Buxoro shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan "Fyuchers" musobaqasida dastlabki davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning birinchi kungi bahslarda yakkaliklar o‘rtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Humoyun Sultonov rossiyalik Artur Shaxnubaryanni 6:1, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Yosh tennischimiz Paevl Tsoy esa yana bir rus tennischisiga qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Juftlik bahslarida Sanjar Fayziev va Jo‘rabek Karimov tandemi rossiyalik Mixail Fufigin va estoniyalik Vladimir Ivanovni 3:6, 6:4, 10:7 hisobida engdi.
Shuningdek, Sharobiddin Abzalov va Botir Sapaev juftligi belaruslik Mikalay Xaliak va rossiyalik Aleksey Zaxarovni 6:4, 6:4 hisobida taslim qildi.
Birinchi davra bahslari davom etmoqda.

Fikrlar