"Chelsi" Moratani "Atletiko"ga qanchaga sotmoqchi?

  • 17.01.2019 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi forvardi Alvaro Morata jamoadan ketishga yaqin turibdi.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchi faoliyatini katta ehtimol bilan “Atletiko” Madridda davom ettiradi. “Matraschilar” va “aristokratlar” ayni damda muzokaralarni faol davom ettirishmoqda. Unga ko‘ra londonliklar Moratani 51 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Alvaro Morata joriy mavsum APLda 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” “Yuventus”dan argentinalik hujumchi Gonsalu Iguainni ijaraga olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!