
«Chelsi»ning mavsumni boy berganiga besh dalil (Erkin G‘aybullaev blogi)
Iyul oyida «Chelsi» bosh murabbiyi etib Maurisio Sarri tayinlanganida «Stemford Bridj»da optimistik kayfiyat paydo bo‘lgandi.
Joze Mourino va Antonio Kontening o‘ziga xos «g‘alaba formulalari» borligiga qaramay ular ancha himoyaviy uslubni qo‘llashdi. Bu esa oxir-oqibat «Stemford Bridj»da ijobiy o‘zgarishlar qilish payti kelganini ko‘rsatib qo‘ydi.
Hujumkor futbol namoyish qiladigan Sarrining olib kelinishi haqidagi yangilik klubning ko‘plab muxlislari tomonidan ancha iliq kutib olindi.
Italiyalik murabbiy dastlabki besh uchrashuvning barchasini g‘alaba bilan yakunlab unga bildirilgan ishonchni oqlagandek bo‘ldi.
Ammo so‘nggi paytlarda «Napoli»ning sobiq ustozi klubda ba’zi ishlarni to‘g‘ri qilmayotgani ayon bo‘ldi. Ayniqsa uy uchrashuvlarda g‘alaba qozonish qiyinlashib borayotgani ba’zi xavotirlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
«Everton» va «Sautgempton» bilan bo‘lgan durang, «Tottenxem», «Vulves» va «Lester»dan uchralgan mag‘lubiyat «Sarriboll» parchalanib «erga qulagani» ma’lum bo‘ldi.
Endi «Chelsi» Unay Emerining «Arsenal»i va Ole Gunnar Sulsherning kuchayayotgan «MYu»si bilan kuchli to‘rtlikdan o‘rin olish uchun qattiq kurash olib boradi.
Ishlarning chappasiga ketishiga esa quyidagi faktorlar sabab bo‘lmoqda.
Hujumchi masalasi
Sarrining eng katta muammosi – hujumchi masalasi hisoblanadi. Alvaro Morata klub uchun etarlicha mos emasligi oydinlashdi. Ispaniyalik hujumchi jamoasini Chempionlar Ligasiga etaklab bora olmaydi.
Hujumchining umumiy statistikasi unchalik yomon emas. 22 o‘yinda 7 gol qoniqarli, ammo u boy bergan ko‘plab vaziyatlar muxlislarni ranjitmoqda. «Kuchli oltilik»ning qolganlariga bir nazar tashlaylik: «Manchester Siti»da Serxio Aguero, «Arsenal»da Per-Emerik Obameyang, «Tottenxem»da Xarri Keyn, «MYu»da chaqnay boshlagan Markus Reshford, «Liverpul»da bir emas naq uchta mohir hujumchilar bor.
Olive Jiru va Morata esa shunchaki yuqorida tilgan olingan hujumchilar darajasida emas.
«Chelsi» EChLda ishtirok etishni xohlasa ular samaraliroq hujumchini olib kelishlari zarur.
Kantening pozitsion o‘zgarishi
Ngolo Kante dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi hisoblanadi. Nega u boshqa pozitsiyada o‘ynayapti?
Jahon Chempioni yangi rolida ham ancha yaxshilanishga erishganiga shubha yo‘q. U bu mavsumda uch gol ham urdi. Ammo “ko‘klar” yarim himoyada ancha muvozanatni tutib turadigan jamoa.
Jorjinoda yuqori yaratuvchanlik bor. Ammo Kanteni yozgi transfer uchun qurbon qilish xato va Sarri o‘yin uslubiga qaytadan o‘zgartirish kiritishi joiz.
Kante Jorjino bilan yarim himoyaning o‘rtasida joy olishi kerak. «Napoli»da Jorjino atrofida o‘yinni qurishi ish bergandi ammo Londonda yarim himoya uchligiga tuzatish kiritishi zarur, yoki bundan ham yomon natijalar davom etishi shubhasiz.
«Qariyotgan» vingerlar
«Chelsi»ning boshqa bir muammosi bu yoshi o‘tib borayotgan vingerlaridir. Mavsum startida Pedro va Villianlar o‘ng qanotda tez-tez rotatsiya qilindi. Ispaniyalik hujumchi mavsum avvalida olti gol urishga ham erishdi.
Ammr Pedro 31 yoshda va bundan buyog‘iga jarohat olishga moyil. Villian esa 30 ni qarshi oldi va braziliyalik futbolchi ancha iqtidorli hisoblanadi.
U joriy mavsumda 20 o‘yinda ikki gol urishga erishdi. Klubdagi butun faoliyati davomida u londonliklar uchun 186 o‘yinda 27 gol urdi.
Raqamlar unchalik zo‘r emas. Villian Mata kabi Azar uchun to‘rtta golli uzatma bergan. Kristian Pulishich esa Azarni kelasi mavsumdan boshlab yaxshiroq o‘ynashiga yordam bera boshlaydi.
Samarasiz yarim himoyachilar
Sarrining navbatdagi muammosi bu yarim himoyachilar etarlicha gol ura olishmayapti. Jorjino «rassom», uning birgina goli ham penaltidan kiritilgan. Texnikasi yuqori bo‘lgan yarim himoyachi istalgan nuqtadan zarba bera olmasligi biroz g‘alati.
Xuddi shu gaplarni Mateo Kovachichga nisbatan aytsak bo‘ladi. Xorvatiyalik futbolchi «Real» uchun o‘tkazgan 78 o‘yinida atigi bir gol urgan. Londonda esa hozircha birorta gol ham urmagan.
Yarim himoyadigalardan gol urayotgan yagona futbolchi bu Ross Barkli bo‘lmoqda. Barkli qatorasiga uch o‘yinda gol urgan paytlar ham bo‘ldi. Biroq bayram tezda o‘z nihoyasiga etdi.
Alonsoning sport formasi
Markos Alonso oktyabr oyida uzoq muddatlik shartnomaga imzo qo‘ydi va «yog‘liqqina maosh»ga ega bo‘ldi.
28 yoshli himoyachi klub uchun o‘tgan mavsumda eng yaxshi o‘yinlarini namoyish qildi. Ayniqsa hujumkorlik qobiliyatini ham namoyon qildi. 33 o‘yinda 7 gol va ikki golli uzatma himoyachi uchun fantastika!
Ammo ispaniyalik himoyachi so‘nggi o‘yinlarda chap qanotdagi hukmronligini yo‘qotib qo‘ydi. Aftidan Sarri chap qanotni Emersonga ishonib topshiradigan ko‘rinadi. Alonso esa o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun yanada qattiqroq mehnat qilishi zarur.
Fikrlar