"Claro Open Colsanitas - 2018" turniri tashkilotchilari Busharni eng latofatli qiz deb e’lon qildi
WTA tomonidan Bogotada o‘tkaziladigan turnirda kandalik Ejeni Bushar ishtirok etadi.
Mazkur musobaqa tashkilotchilari Busharga musobaqaning asosiy to‘rida o‘ynash huquqini beruvchi "wild card"ni taqdim etib, unga shunday maktub yo‘llashdi:
"Ejeni - sen tennischilar o‘rasida eng latofatlisisan va Bogotaga kelayotganingdan xursandmiz. Yurtimizdagi muxlislaring seni chiroyli o‘yinlariingni intizorlik bilan kutmoqda"
Ushbu maktubni "Claro Open Colsanitas - 2018" turnirining maxsus sayti chop etdi va qisqa vaqt o‘tgandan so‘ng o‘chirib tashladi. Bunga sabab, bu xabar ko‘plab tanqidlarga uchrashi bo‘ldi.
Fikrlar