Darya Gavrilova ham ishtirokini yakunladi
Frantsiyaning Strasburg shahrida davom etayotgan xalqaro turnirda tennis malikalari chorak final yo‘llanmasi uchun bahslashmoqda.
Musobaqaning ikkinchi davrasida avstraliyalik Darya Gavrilova hamda Samanta Stosur o‘zaro raqobatlashdi. Tezkor o‘yin namoyish etgan Darya uchrashuvda hamyurtiga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi WTA tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning chorak finalida Stosur slovakiyalik Dominika Tsibulkovani sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar