Darya Kasatkina o‘ziga kela olmayapdi
Rossiyalik Darya Kasatkina Pragada o‘tayotgan tennis turnirida birinchi davra bahslaridagi to‘siqdan o‘ta olmadi.
Darya musobaqada italiyalik Jasmin Paoliniga qarshi kortga chiqdi va yakunda 6:7, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa zafar quchgan Jasmin "J&T Banka Prague Open" turnirining ikkinchi davrasida slovakiyalik Anna Shmidlova bilan kuch sinashadi.

Fikrlar