David Leme Migel Kottoning ringdagi so‘nggi raqibi bo‘lishi mumkin

  • 06.10.2017 13:50
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘rta vazn toifasining sobiq jahon chempioni kanadalik David Leme (38-3, 33 KOs) o‘zining keyingi jang sanasini ma’lum qildi. 28 yoshli bokschi 2 dekabr kuni ringga qaytadi. Biroq hozircha uning raqibi ma’lum emas.

Sabrsizlik bilan 2 dekabr kuni bo‘ladigan keyingi jang yangiliklarini kutyapman. Men bunga tayyorman, – deb yozadi Leme o‘zining tvitter sahifasida.

Taxminlarga ko‘ra, mazkur jangda Leme katta ehtimol bilan birinchi o‘rta vaznda WBO kamari sohibi 36 yoshli puertorikalik Migel Kotto (41-5, 33 KO) bilan ringga chiqishi mumkin. Bu bokschi ham 2 dekabr kuni Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenasida ringga chiqishni rejalashtirgan. Ushbu to‘qnashuv uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!