Deli Alli: APL rekordlarini yangilamoqda
Bu mavsumda Alli 16 ta go‘l urib bo‘ldi. Bu ishni Neymar, Grizmann, Azarlar ham xaligacha amalga oshirishgani yo‘q!!!

O‘zining 21 yoshida Alli, 2 ta mavsumda, APLda 40ta o‘yinda ishtirok etib, 26 ta go‘l 14 ta go‘lga assistentlik qilgan. Bu shu vaqtga qadar, yoshi va o‘yinlar soni bo‘yicha juda ham zo‘r korsatgich bo‘lib, u Lempard, Jerard va Bekhamlardan ham o‘tadi. Hatto Kirishtiano Ronaldu 21 yoshida APLda 25 ta o‘yin o‘ynab 14 ta go‘l va 11 ta go‘lga assistentlik qilgan.
Votford bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda Deli Alli o‘zining 26 go‘lini urdi.
Afsonaviy Frank Lampard shunday deydi: Balki Alli mendan ko‘p go‘l urar. Barcha yarim himoyachilar ichida u hozirda eng zori. Deli Alli - ajoyib o‘yinchi. U mendan zo‘r ya’ni meni 20 yoshimdagi holatimdan. Biz ligani eng yaxshi o‘yinchisi Azar ekanligini bilamiz, lekin Alli undan qolishayotgani yo‘q.
To‘p urarlar safida, Shporlar yon-qanot yarim himoyachisi Ibragimovich, Kosta, Aguerolar bilan yonmayon ketmoqda.

Yaqinda Deli Alli 21 yoshni qarshiladi.

Fikrlar