
Devis Kubogi. O‘zbekiston Pokistonga qarshi o‘ynaydi
Shu yilning 6-7 aprel kunlari tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Devis Kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi birinchi guruhi, ikkinchi bosqich uchrashuvi doirasida safarda Pokistonga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Terma jamoa sardori Petr Lebed bahslarga Denis Istomin, Sanjar Fayziev, Jo‘rabek Karimov, Humoyun Sultonov, Farrux Do‘stov kabi tennischilarni jalb etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Pokiston terma jamoalari bungacha ikki marotaba to‘qnash kelganlar va ularning har ikkisida ham vakillarimiz g‘alaba qozonishgan. 1996 yil Pokistonda o‘tkazilgan bahsda terma jamoamiz 5:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, 1999 yili Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda hamyurtlarimiz 4:1 hisobidagi g‘alabani tantana qilishgan.
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu bahslarda g‘alaba qozona olsa, jahon guruhiga qo‘shilish uchun o‘tkaziladigan pley-off o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar