
Devis Kubogi. O‘zbekiston bugun Pokistonga qarshi o‘yinlarni boshlaydi
Bugun tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogida navbatdagi bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Vakillarimiz Osiyo/Okeaniya mintaqasining ikkinchi bosqich bahslarida Islomobodda Pokiston terma jamoasiga qarshi kortga chiqadilar.
Pokiston - O‘zbekiston qarama-qarshiligi doirasida quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi:
Aisam Kureshi - Denis Istomin
Aqil Xan - Sanjar Fayziev
Aqil Xan/Aisam Kureshi - Sanjar Fayziev/Jo‘rabek Karimov
Aqil Xan - Denis Istomin
Aisam Kureshi - Sanjar Fayziev
Dastlabki uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 10:30da boshlanadi. Unda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Aisam Kureshiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar