Dimitrov o‘z yurtida ilk sovringa ega bo‘lishida muxlislar yordam berdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida tashkil etilgan xalqaro turnirda g‘olib chiqqan Grigor Dimitrov faoliyati davomida ilk marotaba o‘z yurtida o‘tkazilgan musobaqa g‘olibiga aylandi.
Grigor Dimitrov musobaqaning final uchrashuvida belgiyalik David Goffen ustidan 7:5, 6:4 hisobida zafar quchdi.
- Men uchun bu faoliyatimdagi eng zo‘r sovrin bo‘lib qoladi, - dedi Grigor Dimitrov. - Uni qo‘lga kiritishimda muxlislarim katta yordam berdi.

Grigor Dimitrov faoliyati davomida - Stokgolm, London, Buxarest, Akapulko va Brisben turnirlaridam ham zafar quchgan.
SPORTS.uz

Fikrlar