Donna Vekich Amerikada porlamoqda
Rossiyalik tennischi Elena Vesnina "Miami Open - 2018" turnirining uchinchi davrasiga chiqa olmadi.
Mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 3:6, 7:6, 1:6 hisobida engildi.
Shu tariqa Vekich Mayami shahrida o‘tayotgan musobaqaning navbatdagi bosqichida AQSh vakillar Koko Vandevege va Daniel Kollinz uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar