
"Do‘stlik-AIN" "Paxtakor"ni "yanchib" tashladi
Mini-futbol bo‘yicha Oliy Liga jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 3-tur ikkinchi kuni taqvimidan o‘rin egallagan "Paxtakor" - "Do‘stlik-AIN" uchrashuvi yakuniga etdi.
Qarshiliklarning to‘liq ustunligida kechgan bahs esa 2:10 natijasi bilan yakunlandi. Xususan, uchrashuvning 5-daqiqasida Baxtiyor Boboev tomonidan boshlangan gollar shousiga “sherlar”dan Shomaqsud Shobaxromov 25-daqiqaga kelibgina 1 ta gol bilan javob berdi.
Ushbu goldan ruhlangan “Paxtakor” Umidjon Zaynitdinov 32 daqiqada urgan goli evaziga hisobni 9:2 ko‘rinishigacha olib keldi, ammo bahsning 38 daqiqasida Oybek Polvonov “Paxtakor” darvozasini ishg‘ol etib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
"Paxtakor" - "Do‘stlik-AIN" 2:10
Gollar: Sh.Shobaxromov 25, U.Zaynitdinov 32 - B.Baratov 5, Sh.Mustafoev 12, Sh.Ahmedov 14, A.Usmon 16, 38, A.Ibragimov 18 (pen.), O.Polvonov 18, 39, F.Faxriddinov 19, 20
"Paxtakor" (birinchi beshlik): Mirislom Miraliev, Aleksey Loktionov, Linar Gabdurafikov, Umidjon Zaynitdinov, Artur Aminov.
Zaxira: Elyor Samadov, Aleksandr Kartauzov, Mirjavohir Mirhamidov, Mahmudjon Hasanjonov, Shomaqsud Shobaxromov, Sanjar Auhatov, Sohib Nabiev, Safid Sharipov.
Fikrlar