Dzyudochilar chempionlik uchun kurashmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Chirchiq shahrida dzyudo bo‘yicha 1997-1998 yilda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi zaxirasini shakllantirish va iste’dodli sportchilarni saralab olish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan besh yuz nafardan ziyod iste’dodli dzyudochilar g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Musobaqa ishtirokchilari jami 16 ta medallar jamlanmasi uchun tatamiga chiqadi.
O‘zbekiston chempionatida mahoratini namoyish etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan dzyudochilar joriy mavsumda xalqaro miqyosda tashkil etiladigan musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!