EChL. "Borussiya D" safarda "Benfika"ga taslim bo‘ldi
Evropa Chempionlar Ligasi nimchorak final dastlabki o‘yinida "Borussiya Dortmund" safarda "Benfika" bilan o‘zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda portugaliyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Avvalroq PSJ o‘z maydonida "Barselona"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar berilgandi.

“Benfika” (Portugaliya) – “Borussiya D” (Germaniya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 48 Mitroglu.
Benfika – Ederson, Nelson Semedu, Luizao, Lindelef, Elizeu, Salvio, Pitstsi, Feysa, Karrilo (Augusto, 46), Mitroglu (Ximenes, 75), Rafa Silva (Servi, 67).
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Papastatopulos, Bartra, Durm, Dembele, Vaygl, Gerreyru (Pulishich, 82), Shmeltser, Obameyang (Shyurrle, 62), Roys (Kastro, 82).
Ogohlantirishlar: Feysa (63), Shmeltser (74), Pulishich (84), Bartra (90).

Fikrlar