EChL tarixidagi eng ajoyib kambeklar
Rimning “Roma” klubi EChL chorak finalida “Barselona”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etib, o‘ziga hos mo‘jiza namoyish etgan edik. Bugun biz aynan klublar miqyosidagi eng kuchli turnir tarixida qayd etilgan eng ajoyib kambeklarni taqdim etamiz.
PSJ – “Barselona” 4:0
“Barselona” – PSJ 6:1
2016/17, 1/8 final

“Barselona” EChLda ilk o‘yindagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, keyingi bosqichga chiqqan ilk jamoa bo‘lgan edi. Parijdagi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng barcha muxlisl-u mutaxassislar “Barselona”ni “ro‘yxatdan o‘chirishgan” edi. Ammo “Kamp Nou”da barchasi o‘zgacha kechadi. “Men Robertoga jarima maydoni ichiga yugur degan edim”, – deb eslagan edi Neymar PSJ darvozasiga o‘sha 6-gol kiritilgan vaziyatni eslagan edi.
O‘sha kechaning qahramoni esa shunday degan edi: “Men bu ishni o‘zim qilganligimga ishonmadim. Men umrim davomida muxlislarning bunday baland hayqirishlarini eshitmagan edim”.
“Barselona” – “Roma” 4:1
“Roma” – “Barselona” 3:0
2017/18, Chorak final

Ko‘pchilik bu yilgi chorak final bahslarining eng markaziy o‘yini sifatida “Manchester Siti” – “Liverpul” qarama-qarshiligi e`tirof etilgan edi. Biroq aynan chorak finalning eng qiziqarli bellashuvi Rimda kechdi. Dastlabki o‘yinda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan “bo‘rilar” “Olimpiko” stadioniga kelgan muxlislarni uyaltirib qo‘yishmadi. Birinchi bo‘limda Edin Jeko gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Daniele De Rossi va Kostas Manolaslar to‘p kiritib, rimliklarga yarim final yo‘llanmasini taqdim etishgan edi.
“Milan” – “Deportivo” 4:1
“Deportivo” – “Milan” 4:0
2003/04, Chorak final

“San-Siro”da kechgan bellashuvda Valte Pandiani mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqadi. Biroq “rossonerilar” bu golga 4 marta javob qaytarib, amalda “Milan”ni yarim finalga chiqishi oydinlashgandek bo‘lgan edi.
Qizig‘i, la-korunyaliklar ustozi Xaver Irureta ushbu o‘yin oldidan futbolda har narsa bo‘lishi mumkinligi borasida aytib o‘tadi va u bu borada haq edi. Javob o‘yinida “Deportivo” birinchi bo‘limning o‘zidayoq 3:0 hisobida hisobda oldinga o‘tib oladi. O‘shanda gollarga Pandiani, Valeron va Alberto Lukelar mualliflik qilishadi. 76-daqiqada esa o‘yinga so‘nggi “nuqta”ni Fran qo‘yadi.
Ikkita to‘p farqini javob bellashuvida yo‘qqa chiqarish hollari juda ham ko‘p uchrab turadi va shu bois, o‘yinlarga alohida to‘htalmasdan natijalarni ketma-ket berib o‘tamiz.
"Chelsi" - "Barselona" 3:1
"Barselona" - "Chelsi" 5:1 (qo‘shimcha bo‘lim.)
1999/00, Chorak final
"Real" - "Monako" 4:2
"Monako" - "Real" 3:1
2003/04, Chorak final
"Napoli" - "Chelsi" 3:1
"Chelsi" - "Napoli" 4:1 (qo‘shimcha bo‘lim.)
2011/12, 1/8 final
"Milan" - "Barselona" 2:0
"Barselona" - "Milan" 4:0
2012/13, 1/8 final
"Olimpiakos" - "Manchester Yunayted" 2:0
"Manchester Yunayted" - "Olimpiakos" 3:0
2013/14, 1/8 final

"PSJ" - "Chelsi" 3:1
"Chelsi" - "PSJ" 2:0
2013/14, Chorak final
"Portu" - "Bavariya" 3:1
"Bavariya" - "Portu" 6:1
2014/15, Chorak final
"Volfsburg" - "Real" 2:0
"Real" - "Volfsburg" 3:0
2015/16, Chorak final.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar