
Emelyanenkoning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Og‘ir vazn toifasida Bellator "Gran-pri"si 1/2 final bellashuvida rossiyalik Fedor Emelyanenko amerikalik Cheyl Sonnen bilan kuch sinashadi. Jang 13 oktyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi Newsday.
Manbada yozilishicha, jang "Nassau Coliseum" arenasida tashkil qilinadi. Bu qarama-qarshilikdan bir kun o‘tib, ikkinchi yarim final to‘qnashuvi ham bo‘lib o‘tadi. Unda amerikalik Rayan Beyder va Mett Mitrion ("Mohegan Sun" arenasi, Ankasvill, Konnektikut shtati) kuch sinashadi.
Emelyanenko hisobida shu vaqtga qadar 43 jangbor va shulardan 37 g‘alaba (28 muddatidan oldin), 5 mag‘lubiyat, yana bittasi bo‘lmagan. Sonnen esa 35 jang o‘tkazgan(30 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat).
Fikrlar