Engil atletika: Nigina Sharipova yarim finalda

CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kungi bahslarida ayollar o‘rtasida 100 metrga yugurish bo‘yicha yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. 

Tecno

Ushbu bahsda hamyurtimiz Nigina Sharipova ham ishtirok etdi. Xususan hamyurtimiz 11,59 soniyada marrani kesib o‘tib, saralash bosqichida o‘z guruhida 3-o‘rinni band etdi.

Ma’lumot o‘rnida, oldinroq, yana bir sportchimiz Dmitriy Melsinov ham balandlikka sakrash bahslarida final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!