Engilmas bokschimizning AQShdagi raqibi aniq bo‘ldi

  • 12 sentabr, 2017, 00:01
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘tgan yili havaskorlar boksidan professional boksga o‘tgan hamyurtimiz Xurshidbek Normatov (3-0-0) o‘zining navbatdagi AQShning Konnektikut shtatida o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Tecno

15 sentyabrga belgilangan ushbu bellashuv to‘rt raundlik reyting jangi bo‘ladi.

SPORTS.uz axborot portali Xurshidbekka murojaat qilib yangi raqib kimligini aniqladi.

Xurshidbek keyingi raqibi borasidagi savolimizga javob yo‘llandi. Bokschimizning ma’lum qilishicha, 15 sentyabr kuni amerikalik Xenri Bekfordga qarshi ringga chiqishi kutilmoqda.

Amerikalik charm qo‘lqop ustasi uch yildan buyon professional janglarda qatnashmoqda va beshta g‘alaba, oltita mag‘lubiyat qayd etgan.

Xurshidbek esa o‘tgan yili Romon Barber, Jeremi Peyj, Lenvud Dotsier bilan kuch sinashib, raqiblarini katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!