Engilmas jamoani yirik hisobda mag‘lub etgan “Uzbek Tigers” pley-off yo‘llanmasini naqd qildimi?
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari VII mavsumining “S” guruhida beshinchi tur uchrashuvlari yakunlandi.
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Uzbek Tigers" jamoasi beshinchi turda joriy mavsumda ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritib, guruh peshqadamiga aylangan “Astana Arlans Kazakhstan” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Ushbu uchrashuvda ringga chiqqan hamyurtlarimiz – Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov Osiyo chempioni Temirtas Jusupovni, O‘zbekiston chempioni Abdulhay Shorahmatov Osiyo o‘yinlari g‘olibi Ilyos Suleymenovni, jahon chempionati sovrindori Elnur Abduraimov Qozog‘iston chempionatlari sovrindori Dilmurod Mijitovni, Osiyo o‘yinlari kumush medal sovrindori Isroil Madrimov Qozog‘iston chempioni Saparbay Aydarovni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekiston chempioni Zuhriddin Mahkamov esa Osiyo o‘yinlari g‘olibi va Osiyo chempioni Anton Pinchukka yutqazdi.
Ushbu uchrashuvda 4:1 hisobi qayd etildi va “Astana Arlans Kazakhstan” bokschilari joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi.
Bshinchi tur yakunlariga ko‘ra, qozog‘istonlik bokschilar 12 ochko bilan peshqadamlik mavqeini saqlab qoldi. “O‘zbek yo‘lbarslari” ochkolari sonini 9 taga etkazib, ikkinchi pog‘onadagi o‘rnini mustahkamladi. O‘z maydonida "China Dragons" bokschilari 5:0 hisobida mag‘lub etgan Rossiyaning "Patriot boxing team" jamoasi etti ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Uch ochkoga ega bo‘lgan xitoyliklar so‘nggi pog‘onada qoldi va pley-off uchun kurashdan chiqdi.
|
№ |
Jamoa |
ochko |
yutuq |
mag‘lubiyat |
durang |
|
1 |
ASTANA ARLANS KAZAKHSTAN |
12 |
4 |
1 |
0 |
|
2 |
UZBEK TIGERS |
9 |
3 |
2 |
0 |
|
3 |
PATRIOT BOXING TEAM |
7 |
2 |
3 |
0 |
|
4 |
CHINA DRAGONS |
3 |
1 |
4 |
0 |
- "Uzbek Tigers"ning keyingi raqibi yirik g‘alabaga erishdi
- Hasanboy Do‘smatov: Muxlislar bizdan xursand bo‘lishsin
- "Uzbek Tigers" - "Astana Arlans" uchrashuvida O‘zbekiston bokschilarini qo‘llab-quvvatlang (video)
Shu o‘rinda “Uzbek Tigers" jamoasi janglardagi g‘alabalar ko‘rsatkichi bo‘yicha qozog‘istonliklarga etib oldi. Ayni paytda har ikki jamoa bokschilari beshtan uchrashuvda 25 tadan jang o‘tkazib, 17 tadan g‘alaba va sakkiztadan mag‘lubiyat qayd etgan. Rossiyaliklar 25 ta jangdan 12 tasi, xitoyliklari to‘rttasida g‘olib chiqdi.
Musobaqa qoidasida, uchta guruhda dastlabki ikki pog‘onani egallagan va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkitda jamoa pley-offga chiqishi belgilangan. Ushbu qoidaga ko‘ra, “O‘zbek yo‘lbarslari” muddatidan oldin pley-offga chiqdi. Chunki musobaqaning “A” guruhidan joy olgan “Caciques Venezuela” jamoasi o‘z maydonida “Colombia Heroicos” bokschilaridan 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va so‘nggi tur oldidan 4 ochko bilan qolib ketdi.
Bu esa “S” guruhida uchinchi o‘rinni egallagan jamoani keyingi bosqichga chiqishini ta’minladi. Ushbu guruhda ikkinchi va uchinchi o‘rin masalasi 22 aprel kuni Moskvada bo‘ladigan "Patriot boxing team" va “Uzbek Tigers" uchrashuvida hal bo‘ladi. Natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zbekistonlik bokschilar pley-offga chiqadi.

Fikrlar