Eshli Barti va Koko Vandevege "Miami Open - 2018"da qancha ishladi
Avstraliyalik Eshli Barti va amerikalik Koko Vandevege "Miami Open - 2018" turnirining juftlik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Eshli va Koko musobaqaning final uchrashuvida chexiyalik Barbora Kreychikova hamda Katerjina Sinyakova ustidan 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa g‘alaba qozongan Brati va Vandevege 439.350 AQSh dollari pul mukofoti va 1000 reyting ochkosini ishlab oldi.
Sports.uz

Fikrlar