
"FEI World Jumping Challenge Final": Saidamir Turg‘unboev va Abdushukur Sobirjonovlar finalda
"FEI World Jumping Challenge Final" musobaqasining ikki gitda bo‘lib o‘tgan ikkinchi kvalifikatsiya konkuri turli mamlakatlardan kelgan tajribali chavandozlar orasida qattiq raqobat ruhi ostida o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi SPORTS.uzga ma’lum qildi.
Ushbu musobaqalar natijasida kuchli 10 talik final ishtirokchilarini ma’lum bo‘ladi. Birinchi konkur natijalariga ko‘ra bizning chavandozlar yaxshi vaqt ko‘rsatib va to‘siqlarni jarima ochkosiz o‘tib peshqadamlik qilgan bo‘lsa, ikkinchi gitda ularni hayajon bosdi. Shu bois Saidamir Turg‘unboev va Abdushukur Sobirjonovlar to‘siqlarni tushirib jarima ochkolarni o‘z hisobiga yozishdi.
Shunga qaramay ikki git natijalariga ko‘ra bizning vakillarimiz finalga chiqishga muvaffaq bo‘lib eng yaxshi sportchilar o‘ntaligiga kirishdi. «FEI World Jumping Challenge final» yirik musobaqalarning finali 9 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Sportchilar o‘zoq kutilgan g‘alaba uchun teng sharoitda kurashadi, unda oldingi musobaqalarning jarima ochkolari hisobga olinmaydi.
Fikrlar