Fabio Fonini Amerikadagi faoliyatini yakunladi
Nyu-York shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan Amerika ochiq chempionatida ikkinchi davra bahslari davom etmoqda.
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning ikkinchi bosqichida italiyalik Fabio Fonini avstraliyalik Jona Millmanga 4:6, 6:4, 4:6, 1:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Endi Millman "US Open" turnirining uchinchi davrasida qozog‘istonlik Mixail Kukushkinga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar