
Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov o‘zining navbatdagi jangini Nyu Orlans shahridagi “Lakefront Arena”da o‘tkazadi. Jang 14 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mazkur jangda hamyurtimizga amerikalik engilmas bokschi Kevin Jonson raqiblik qiladi. Bu bokschi professional ringda shu vaqtga qadar 5 jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. To‘rttasida nokaut qayd etgan.
Fazliddin so‘nggi marta ringga o‘tgan yilning dekabr oyida meksikalik Xesus Silviera bilan kuch sinashib, 4-raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Fikrlar