Floyd Meyvezer boshqa hech qachon ringga qaytmaydi!

  • 27.08.2017 10:07
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

AQShning Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasida asr jangi sifatida etirof etilgan uchrashuv – UFC’ning ikki vazn toifasida mutlaq chempioni Konor Makgregor va boks bo‘yicha 5 karra jahon chempioni Floyd Meyvezer o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.

12 raunddan iborat mazkur jangning 10-raundida “Ring qiroli” irlandiyalik sportchi bir qator zarbalar berib, uni nokautga uchratdi va  faoliyatidagi 50-g‘alabani rasmiylashtirdi.

Jang tugagach amerikalik bokschi boshqa hech qachon ringga qaytmasligini va bu uning faoliyatidagi so‘nggi jang bo‘lganini aytdi.

“Bu faoliyatimdagi so‘nggi jang bo‘ldi. Hech qanday shartlar meni ringga qaytara olmaydi. Barchasi tugadi”, – dedi Floyd Meyvezer.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!