Frantsiyada ishi yurishmagan Draksler yana Bundesligaga qaytishi mumkin

  • 24.08.2018 22:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ vingeri Yulian Draksler faoliyatini "Borussiya" Dortmundda davom ettirishi mumkin.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis klubi 24 yoshli nemis futbolchisi uchun parijliklarga 30 million evro taklif qilishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” ushbu transferni yaqin bir hafta ichida yakunlashi lozim. Chunki kelasi haftaning huddi shu kunida Germaniyada yozgi transferlar derazasi rasman yopiladi.

Ta’kidlash kerakki, Drakslerga shuningdek Ispaniyaning “Sevilya” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!