
Futzal "Ardus" so‘nggi soniyalarda g‘alabani boy berdi
Futzal bo‘yicha XXI milliy chempionatimizning 2-tur bahslari davom etmoqda.
Ushbu kun dasturidan o‘rin olgan bahslarda "Ardus" jamoasi "Maksam-Chirchiq" qarshi to‘p surdi.
Ushbu bahsda "Ardus" butun o‘yin davomida 2 to‘p farqi bilan oldinda borayotib, uchrashuv yakunlanishiga 24 soniya qolganda, g‘alabani qo‘ldan boy berdi.
Oliy liga
2-tur, 2-kun
10.12.2016
"Maksam-Chirchiq" - "Ardus" 5:5
Gollar: I.Ropiev 17, T.To‘raqulov 22, 37, 40, M.Gulyaev 40 - D.Choriev (pen.) 11, 37, M.Odilov 12, A.Usmonov 14, E.Hoshimov 20
"Maksam-Chirchiq" (birinchi beshlik): Elyor Domlaev, Bahodir Ahmedov, Maksim Gulyaev, Ixtiyor Ropiev, Timur To‘raqulov.
Zaxira: Ravshan Abdujabborov, Mahmud Alixo‘jaev, Ilhom Mirzaev, Farhod Ne’matov, Ulug‘bek Tursunmetov, Umid Shomirzaev, Shohrux Usmonov, Yorqin Jo‘raev.
"Ardus" (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Davron Choriev, Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Alan Aminov.
Zaxira: Shavkat Ibragimov, Xushnur Erkinov, Eldor Hoshimov, Aliakbar Bayburin, Dilmurod Shavkatov, Akbar Usmonov, Ilhom Xamroev, Davron Abdurahmonov, Shohjahon Shonazarov, Said Rizo Mirsharofov, Asli Muhammadiev.
Ogohlantirishlar: I.Ropiev 27 - M.Odilov 27
Fikrlar