Futzal bo‘yicha Oliy Liga o‘yinlari davom etmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futzal bo‘yicha XXI milliy chempionatimizning 1-tur bahslari davom etmoqda. Bugun beshinchi kungi o‘yinlar o‘tkazilmoqda. Kunning dastlabki bahsida "Maksam-Chirchiq" jamoasi o‘zining mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Qarshining "Do‘stlik-AIN" jamoasi 1-turdagi beshinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, turni yakka peshqadam sifatida yakunlagan bo‘lsa, "Bunyodkor" hamda "Nafis" o‘zaro murosa ko‘chasini tanlashdi.

Oliy liga

1-tur, 5-kun

19.11.2016

"Maksam-Chirchiq" - "Lokomotiv" 4:2

Gollar: I.Ropiev 9, 29, I.Mirzaev 10, F.Ne’matov 38 - I.Sharipov 29, A.Solihov 40

"Do‘stlik-AIN" - "Turon-S" 9:1

Gollar: F.Faxriddinov 8, 12, 27, O.Polvonov 10, 17, 32, 34, A.Usmon 21, 37 - S.Zokirov 23

"Bunyodkor" - "Nafis" 2:2

Gollar: A.Saidahmatov 16, F.Samegov 37 - I.Sharipov 19, M.Rajabov 19

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!