Gabrin Mugurusa raqibalariga imkoniyat qoldirmayapti

  • 31 may, 2018, 16:30
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ispaniyalik raketka ustasi Gabrin Mugurusa Frantsiya ochiq chempionatidagi zafarli yurishini davom ettirmoqda. Musobaqaning uchinchi saralangan tennischisi biroz avval mezbon Fiona Ferroga qarshi kortga chiqib, 6:4, 6:3 hisoblarida zafar quchdi. 

Tecno

Gabrinning keyingi davradagi raqibasi rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovadan ustun kelgan Avstraliya vakilasi Samanta Stosur bo‘ladi. Shuningdek, biroz avval slovakiyalik Magdelena Ribarikova ham katta qiyinchiliksiz uchinchi davra masalasini ijobiy hal qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!