Gamburg-2017: Navbatdagi yo‘qotish - Elnur Abduraimov

  • 29 avgust, 2017, 23:04
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final navbatdagi bahsida hamyurtimiz Osiyo chempioni, 2015 yilgi jahon chempionati bronza medali sohibi Elnur Abduraimov 60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarildi.

Bokschimizga yarim final ostonasida besh karra Gruziya chempioni, 2016 yilgi Gruziyada yilning sportchisi deb topilgan Otar Eranosyan raqiblik qildi.

Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bellashuvda hamyurtimiz biroz raqibiga nisbatan passiv harakat qildi va hakamlar gruziyalik bokschining 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin, Isroil Madrimov ham chorak finalda to‘xtagan edi.

Bizdan uzoqlashmang. Oldinda yana 3 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!