Gamburg-2017: Yarim finalchilar soni bo‘yicha ortda qolmoqdamiz
Ayni kunlarda Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun mazkur turnirda chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, 9 bokschimiz yarim final uchun ringga ko‘tarilgan edi. Biroq ulardan 3 nafari mag‘lub bo‘lib, turnirdagi yurishlariga yakun yasashdi. Hamyurtlarimizdan Hasanboy Do‘smatov(49 kg), Jasurbek Latipov(52 kg), Iqboljon Xoldorov(64 kg), Shahram G‘iyosov(69 kg), Bektemir Meliqo‘ziev(81 kg), Sanjar Tursunov(91 kg)lar yarim finalga chiqishdi.
E’tiborlisi, qo‘shni Qozog‘istondan ham shuncha bokschi final uchun jang qiladi. Qozog‘istondan quyidagi charm qo‘lqop ustalari yarim finalga chiqishdi:
Erjan Jumart(49 kg), Qayrat Eraliev(56 kg), Ablayxan Jusupov(69), Omonqul Abixan(75 kg), Vasiliy Levit(91 kg), Kamishbek Kunkabaev(+91 kg).
Kuba terma jamoasidan esa chorak finalga 8 nafar bokschi etib kelgan edi. Faqatgina Rio olimpiadasi chempioni Arlen Lopes(75 kg) qozog‘istonlik Omonqulga imkoniyatni boy berdi va turnirni tark etdi.
Kuba terma jamoasidan quyidagi bokschilar final uchun jangga kirishadilar:
Joanis Argilagos(49 kg), Yosbani Veitia(52 kg), Lazarro Alvares Estrada(60 kg), Endi Kruz Gomes(64 kg), Roniel Iglesias(69 kg), Xulio La Kruz(81 kg), Erislendi Savon(91 kg).

Fikrlar