Gennadiy Golovkin: Men hamon chempionman

  • 17.09.2017 10:35
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Las-Vegasda o‘tgan Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o‘rtasidagi jangdan so‘ng qozog‘istonlik bokschi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jang durang bilan yakuniga etgan.

Men o‘z kamarlarimni saqlab qoldim. Hamon ular menga tegishli. Demak, men hali ham chempionman. Bu mening aybim emas. Men har bir raundda bosim uyushtirdim. Meni  qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorligimni bildiraman, – deydi Golovkin.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jangda bokschilar Golovkin egalik qilib kelayotgan barcha chempionlik kamarlari – WBC, WBA (Super), IBF va IBO uchun kurash olib bordi. Biroq jang oldin tashkilot nizosiga ko‘ra, 27 yoshli Alvares WBC kamariga da’vogarlik qila olmasligi ma’lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!