
Germaniya kubogi. Vitsel va Roysning gollari "Borussiya" Dortmundni keyingi bosqichga olib chiqdi
Kecha shuningdek Germaniya kubogining 1/32 final bosqichidan o‘rin olgan "Groyter Fyurt" hamda “Borussiya” Dortmund klublari o‘rtasidagi bahs ham bo‘lib o‘tdi.
Shiddatli va murosasiz kechgan o‘yinning asosiy bo‘limi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangach, hakam qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. Ekstra taymlarning so‘nggi daqiqasida esa Marko Roys gol urib dortmundliklarni musobaqaning navbatdagi bosqichiga olib chiqdi.
"Groyter Fyurt" – "Borussiya D" - 1:2
Gollar: Ernst, 77 - 1:0, Vitsel, 90 - 1:1, Roys, 120 - 1:2.
"Borussiya D": Byurki, Akandji, Shmeltser, Piщek, Diallo, Pulishich (Sancho, 78), Gyottse (Filipp, 64), Roys, Daud, Volf (Gerreyru, 97), Dileyni (Vitsel, 74).
Fikrlar