G‘iyosjon Boboev Tbilisi Gran-prisida g‘alaba qozondi
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri bahslari davom etmoqda. Biroz oldin vakillarimizning ushbu musobaqadagi ishtiroki borasida to‘xtalib o‘tgandik.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvlarda -73 kg vazn toifasida vakilimiz G‘iyosjon Boboev final bosqichida shvetsiyalik Tommi Makiasni mag‘lub etgan holda oltin medal sohibiga aylandi.

Qayd etish lozim, bugungi kun doirasi G‘iyosjon Boboevdan tashqari, Davlat Bobonov va Sharofiddin Lutfullaevlar ham gilamga chiqishdi, biroq ularga biroz omal etishmadi.

Fikrlar