"Golden Steyt" va "Yangi Orlean" chorak final sari dadil qadam tashladi
Okean ortida Milliy basketbol assotsiatsiyasining pley-off bosqichidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Bahslarning birida amaldagi kubok sohibi "Golden Steyt" safarda "San-Antonio" bilan kuch sinashib, 110:97 hisobida zafar quchdi. Seriyadagi g‘alabalarini 2 taga etkazib olgan "Uorriorz" bu bilan keyingi bosqich sari ancha yaqinlashib oldi.
Shuningdek, o‘z maydonida "Portlend"ni taslim qilgan "Yangi Orlean" ham seriyalar bo‘yicha 2:0 hisobida oldindi. Safarda "Mayami"dan ustun kelgan "Filadelfiya" seriyalar bo‘yicha hisobni 1:2 hisobiga olib kelib, qaramar qarshilikdagi intrigani ancha qaytardi.
"San-Antonio" – "Golden Steyt" 97:110 (23:26, 23:26, 26:32, 25:26)
"Yangi Orlean" – "Portlend" 119:102 (36:20, 28:25, 27:25, 28:32)
"Mayami" – "Filadelfiya" 108:128 (33:37, 31:26, 30:33, 14:32)

Fikrlar